O‘zbekiston Superligasida 11-o‘rinni egallagan jamoa Turkiyada yig‘in o‘tkazadi

  • 26 yanvar, 2022, 13:33
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bekobodning “Metallurg” jamoasi mashg‘ulotlarning ikkinchi bosqichini Toshkentda boshladi. Jamoa a’zolari va murabbiylar shtabi 24 oktyabr sanasida poytaxtga kelib, mehmonxonaga joylashishdi. Shu kunning o‘zidayoq mashg‘ulotlar boshlab yuborildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Luisma Ernandes boshchiligidagi murabbiylar shtabi har kuni futbolchilarning jismoniy tayyorgarlikni tiklash, to‘p bilan ishlash, o‘yinchilarning maydonda bir birlarini tushinish jarayonlarini shakllantirishga katta e’tibor qaratmoqda. Toshkentdagi yig‘in 1 fevral sanasiga qadar davom etadi. Mashg‘ulotlardan tashqari nazorat ko‘rik uchrashuvi o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

Poytaxtdagi yig‘in yakunlangach, “Metallurg” jamoasi 3 fevral sanasida Turkiyaning Antaliya shahriga uchib ketadi va tayyorgarlikning uchinchi bosqichi xorijda davom ettiriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!