
O‘zbekiston Superligasi. "Nasaf" Qarshida jiddiy qarshilikka duch keldi
O‘zbekiston Superligasi 17-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Lokomotiv" uchrashuvi yakuniga etdi. Ushbu bellashuvda jamoalar 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Har ikkala jamoa ushbu o‘yinda bir qator xavfli vaziyatlar yaratdi. Biroq na "ajdarlar" va na "temiryo‘lchilar" gol urishning uddasidan chiqmadi.
Shu tariqa, Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari ochkolari sonini 32 taga etkazib olgan holda, Superliga turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 18 ochkosi bor "Lokomotiv" 10-o‘rinni band etdi.
Fikrlar