O‘zbekiston Paralimpiya assotsiatsiyasi raisi Muxtorxon Toshxo‘jaev IBSA sport direktorini qabul qildi

  • 25 sentabr, 2019, 19:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Xabaringiz bor 23-24 sentyabr kunlari poytaxtimiz Paradzyudo bo‘yicha IBSA Gran-prisiga mezbonlik qildi.

Tecno

Toshkentdagi musobaqaga yuqori martabali shaxslar ham tashrif buyurishdi. Kecha, 24 sentyabr kuni O‘zbekiston Paralimpiya assotsiatsiyasi raisi Muxtorxon Toshxo‘jaev Xalqaro ko‘zi ojislar sporti assotsiatsiyasi (IBSA) sport direktori Tardos Jeynos hamda Osiyo va Okeaniya sport komissari Jeyong Gisikni qabul qildi. Yuqori darajadagi uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro fikr almashishdi va kelajak rejalarni birgalikda muhokama qilishdi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, martabali mehmonlar suhbat davomida Toshkent Gran-prisi borasida iliq taassurotda ekanliklarini bayon qilishdi. Tomonlar kelajakda O‘zbekistonda bu kabi musobaqalarni yanada ko‘proq o‘tkazish bo‘yicha kelishib olishdi.

Uchrashuv so‘nggida Muxtorxon Toshxo‘jaev O‘zbekiston Paralimpiya assotsiatsiyasi nomidan mehmonlarga esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!