O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Turkiyadagi yig‘inni yakunlab, Toshkentga qaytib keldi

  • 4 mart, 2019, 14:33
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Terma jamoa a’zolari u erda 25 fevralga qadar mashg‘ulot olib borishdi. Yig‘in davomida futbolchilarimiz Shveytsariyaning "Delemon" (2:2) va Gruziyaning "Lokomotiv" (3:2) jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishdi. Shundan so‘ng Lyubinko Drulovich boshchiligidagi Olimpiya terma jamoasi Turkiyada yig‘inni davom ettirdi.

Tecno

Turkiyadagi yig‘in davomida vakillarimiz "Istambul Bashakshehir" klubining U-23 jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazib, 1:1 hisobida durang qayd etishdi. Kecha futbolchilar Turkiyadagi yig‘inni yakunlab, yurtimizga qaytib kelishdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmat xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi shu yilning 22-26 mart kunlari Toshkentda o‘tkaziladigan Osiyo chempionati saralashida ishtirok etadi. Terma jamoamiz a’zolari Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun Tojikiston, Hindiston va Pokiston terma jamoalari bilan kuch sinashishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!