O‘zbekiston OFK tasarrufidagi muhim tadbirga mezbonlik qiladi

  • 5 sentabr, 2023, 19:04
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

So‘nggi paytlarda OFK tomonidan yurtimizga ko‘plab nufuzli turnirlar hamda qit’a miqiyosidagi xalqaro tadbirlar mezbonligi topshirilmoqda. Joriy yilning 7-8 oktyabr kunlari yurtimiz qit’a miqyosidagi yana bir muhim tadbirga mezbonlik qiladi. OFKga a’zo assotsiatsiyalar prezidentlari hamda bosh kotiblarining ilk bor o‘tkaziladigan konferentsiyasini tashkil etish va uni yuqori saviyada o‘tkazish masalalarini muhokama qilish maqsadida OFK vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tecno

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida tashkil etilgan uchrashuvda yurtimiz futbolida amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zgarishlar, qit’a miqyosida qo‘lga kiritilayotgan sezilarli yutuqlar e’tirof etildi. Futbolni qo‘llab-quvvatlash, yirik futbol tadbirlariga mezbonlik qilish borasidagi davlat siyosati yuksak baholandi.

ermatov o‘fa1_1

O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov OFK rahbarlari va bosh kotiblarining navbatdagi konferentsiyasini o‘tkazish kelgusida yirik tadbirlarga mezbonlik qilish yo‘lida ulkan tajriba va imkoniyat berishini, uni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha barcha harakatlar amalga oshirilishini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida mazkur yirik tadbirga oid tashkiliy masalalar muhokama qilindi va oldinda turgan vazifalar belgilab olindi.

O‘FA matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!