
O‘zbekiston MTJ yig‘iniga chaqiruv olgan futbolchilar ro‘yxati va murabbiylar shtabida o‘zgarish ro‘y berdi
Xabaringiz bor, 22-30 mart oralig‘idagi FIFA kunlarida O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etadi. Ushbu yig‘in davomida vakillarimiz Gana va Iroq bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
Terma jamoaga chaqirilgan bir necha nafar futbolchi Superliga bahslarida o‘z klubi safida jarohat olganligi sababli, mazkur o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.
Eldorbek Suyunov, Egor Krimets, Hojiakbar Alijonov, Lutfulla To‘raev, Sardor Sobirxo‘jaev, Abrorbek Ismoilov, Temurxo‘ja Abduxoliqov o‘rniga murabbiylar shtabi milliy jamoamiz safiga Iskandar Shayqulov ("So‘g‘diyona"), Anzur Ismoilov ("Paxtakor") va Javohir Qahramonovni ("So‘g‘diyona") jalb etdi.
Shuningdek, MTJ murabbiylar shtabida ham o‘zgarish ro‘y berdi. Anvar G‘ofurov yordamchi murabbiy sifatida Vadim Abramovga ko‘maklashib boradigan bo‘ldi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uchun, ertaga terma jamoamiz "Paxtakor" stadionida to‘liq tarkib bilan mashg‘ulotlarga kirishadi.
Fikrlar