
O‘zbekiston MTJ Iordaniya vakillariga qarshi maydonga tushadi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun "JCh-2022" va "Osiyo kubogi-2023" qo‘shma saralash bosqichi bellashuvlariga tayyorgarlik rejasidan o‘rin olgan navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini fevral oyida tashkil etiladi.
Vadim Abramov boshchiligidagi Milliy jamoamiz 8-18 fevral kunlari Dubay shahrida mashg‘ulot olib boradi va yig‘in davomida uchta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilishi reja ostiga olingan.
Hususan, 15 fevral kuni MTJ a’zolari BAA futbol assotsiatsiyasi maydonida Iordaniya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Qolgan ikki o‘rtoqlik uchrashuvi uchun raqib jamoalar bilan muzokaralar davom etmoqda.
Fikrlar