O‘zbekiston MTJ FIFAning yangi reytingida yuqoriladi
FIFA milliy terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra O‘zbekiston milliy terma jamoasi 3 pog‘ona yuqorilab, 82-o‘rindan joy oldi. Osiyoda terma jamoamiz 10-o‘rinda bormoqda.
FIFA reytingini hamon Belgiya terma jamoasi boshqarmoqda. Frantsiya 2-o‘rin, Braziliya esa 3-o‘rinni egallagan. Osiyoda esa Eron terma jamoasi 1-pog‘onada.
Mana bu havola orqali FIFAning to‘liq reytingi bilan batafsil tanishishingiz mumkin:



Fikrlar