O‘zbekiston milliy terma jamoasining Yaponiyaga qarshi o‘yini bekor qilindi

  • 7 yanvar, 2022, 16:48
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ma’lumki, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida koronavirusning “omikron” shtammiga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilyapti.

Tecno

Xususan, ayni kunlarda Yaponiyada ham karantin choralari kuchaytirilmoqda. Shu sababli hukumat tavsiyasiga ko‘ra, Yaponiya futbol federatsiyasi 21 yanvar kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan o‘rtoqlik uchrashuvini bekor qilishga majbur bo‘ldi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Ayni vaqtda O‘FA mutaxassislari va O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi ushbu sanada boshqa raqib bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish borasida ish olib bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!