
O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq a’zosi "Navbahor"ga o‘tdi (Foto)
O‘tgan mavsum Toshkentning "Lokomotiv" klubini himoya qilgan Davron Hoshimov faoliyatini boshqa jamoada davom ettiradi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq a’zosi Davron Hoshimov yana "Navbahor"ga qaytdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchi "lochinlar" bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi.
Himoyachi 2018 yili ham namanganliklar sharafini himoya qilgandi. 2019 yilning yanvaridan esa "temiryo‘lchilar" safiga qo‘shilgandi.
Fikrlar