O‘zbekiston kubogi. Tabatadze dubl qilgan bahsda "Navbahor" "Surxon"ni engib, yarim final masalasini hal qildi
O‘zbekiston kubogi chorak final bosqichidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Surxon" bahsi yakunlandi. Unda mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchdi.
Maydon egalari safida ikki golga ham Toma Tabatadze mualliflik qildi. U dastlab penaltidan unumli foydalandi. Keyin esa Abdumannopovning uzatmasini golga aylantirdi.
Shu tariqa, namanganliklar yarim finalga yo‘l oldi. "Surxon" esa 1/4 finalda o‘z yurishini to‘xtatdi.



Fikrlar