O‘zbekiston kubogi. "Qo‘qon-1912" 100 foizlik natija bilan guruhdan chiqdi
O‘zbekiston Kubogi 3-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Mash’al" bahsi yakuniga etdi. Ushbu o‘yinda mezbonlar yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Qo‘qonliklarning to‘rt goli Jamshid Xasanov, Shahzodbek Nurmatov, San’at Shixov va Anvarjon Xojimirzaev hisobiga qayd etildi. Mehmonlar bu uchrashuvda gol ura olmadi.
Shu tariqa, "Qo‘qon-1912ning ochkolari soni 9 taga etdi va jamoa 1-o‘rin bilan guruhdan chiqish masalasini hal qildi. "Mash’al" ushbu guruhda 4 ochko to‘plab, ikkinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi.



Fikrlar