O‘zbekiston kubogi. "Pushka", kambek, ekstra-taymlar! "So‘g‘diyona" qiyin o‘tgan bahsda "Mash’al"dan ustun keldi
O‘zbekiston kubogi nimchorak finalidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Mash’al" o‘yini yakuniga etdi. Unda asosiy vaqt 2:2 hisobida yakunlandi. Qo‘shimcha taymlarda esa mezbonlar yana uch gol urib, 5:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Jizzax klubi safida gollarga Salomov, Manazarov, Xalilov, G‘ofurov va Qulmatov mualliflik qildi. Mehmonlarning ikki goli Abdullaev va Sagdullaev nomiga qayd etildi.
Shu tariqa, "So‘g‘diyona" qiyinchilik bilan chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi. "Mash’al" nimchorak finalda musobaqa bilan xayrlashdi.



Fikrlar