O‘zbekiston Kubogi. "Paxtakor"da yo‘qotish bor
O‘zbekiston Kubogi chorak finalida "Sherlar" bugun "Jar" stadionida "Mash’al"ni qabul qiladi.
"Paxtakor" ushbu raqibga qarshi O‘zbekiston Kubogida 2 bellashuv o‘tkazgan. 2001 yil 1/16 finalda safarda 2:1 hisobida "Paxtakor" g‘alaba qozongan. 2006 yil finaldagi bahsda ham "Sherlar" 2:0 hisobida yutuqqa erishgan. Bu haqida klub matbuot xizmati prevyu tariqasida xabar bermoqda.
Diskvalifikatsiya sababli Hojiakbar Alijonov mazkur uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. U o‘tgan haftada chempionat doirasida safarda "Andijon"ga qarshi uchrashuvda qizil kartochka olgan.
"Paxtakor" va "Mash’al" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 26 avgust kuni soat 20:30 da "Jar" stadionida boshlanadi.



Fikrlar