
O‘zbekiston Janubiy Koreya termasiga qarshi qanday libosda harakat qiladi?
O‘zbekiston U17 terma jamoasi ertaga Osiyo Kubogi yarim finalida Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuv o‘tkazadi.
O‘FA matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, ushbu bahsda futbolchilarimiz oq-ko‘k libosda, darvozabonimiz esa to‘liq qora libosda harakatlanadi.
Uchrashuv 29 iyun soat 19:00da (Toshkent v.b.) Bangkok shahrining “Patum Tani” stadionida start oladi.
Fikrlar