
O‘zbekiston jamoalari nega kuchli raqiblarni enga olmaydi, oxirgi daqiqalarda yutqazaveradi? - Xayrulla Hamidovdan javob
8 oktyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Eronga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Bellashuvda vakillarimiz yana imkoniyatni boy berdi. Yana deganimiz bejiz emas. Chunki terma jamoamiz forslarga qarshi o‘yinlarda faqat bir marta g‘alaba qozongan va bir bor durang qayd etgan xolos. Qolgan uchrashuvlarda doim yutqazganmiz. Umuman olganda, 8 oktyabr kungi o‘yinni qo‘shib hisoblaganda o‘zaro 10-to‘qnashuvimiz bo‘ldi. Demak, eronliklar 8-marta O‘zbekiston milliy terma jamoasini taslim etdi.
Uchrashuv Eronning ustunligi ostida o‘tdi. Mehmonlar qanchalik ishonch bilan harakat qilgan bo‘lsa, darvozabonimiz Eldor Suyunov shunchalik ishonchsiz o‘ynadi. Uning oxirgi paytlardagi sport formasi terma jamoaning asosiy posboni bo‘lishga loyiq emasligini ko‘rsatmoqda. Pas berishdagi xatolar, to‘p uchun havodagi kurashda hujumchiga engilish Suyunovning darajasi tushib borayotganini anglatmoqda. Ko‘pchilik shu kuni Eldor Suyunovning o‘rniga Ignatiy Nesterovni qaytarish kerakligini aytdi. Bizning variant esa O‘tkir Yusupov. Nesterov chindan ham darvozabonlarimizning qiroli, lekin yosh masalasi uning uchun minusga ishlamoqda. Ammo Yusupov boshqalardan ko‘ra yaxshiroq ko‘rinayotgani bor gap.
Eron har qanday murabbiy qo‘l ostida kuchli jamoa bo‘lib gavdalanaveradi. Sardor Azmun esa gol uraveradi. Bizga Eldor Shomurodovning birgina goli biroz tasalli berdi. Lekin mag‘lubiyat, aksiga olib Eronni o‘z maydonimizda biror marta ham taslim eta olmaganimiz, darajamizni ko‘rsatmoqda.
Bizni bir savol doim qiynayveradi, nega O‘zbekiston jamoalari kuchli raqiblarni enga olmaydi, yutqazaveradi? Oxirgi daqiqalarda imkoniyatni boy beramiz. Shu savol bilan taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidovga yuzlandik. U mag‘lubiyat sababi va Eldor Shomurodov haqida gapirdi.
Fikrlar
Ростовда тренери Карпиндан бошлаб жамоасидаги айрим уйинчиларда миллатчилик бор эди. Куп уйинларда ахамият билан кузатиб боргандим, хакикатдан хам Элдорга пас беришмай куйишганди. Хали бу ходиса Остонда хам содир булса керак.
Русларнинг Спортс ру сайтига кирсам комментарий колдирганлар бизнинг уйинчиларга нисбатан 95 фоиз коралаш, ерга уриш, миллатчилик охангида езишади. Улар билан бахслашиб езишиб тураман.