
O‘zbekiston Evropaning etakchi terma jamoasining o‘rtoqlik o‘tkazish borasidagi taklifiga rad javobini bergan
Ozarbayjon, Qozog‘iston va O‘zbekiston terma jamoalari Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazmoqchi emas, deb xabar berdi “Eurostavka.ru” nashri.
Nashrning yozishicha, Qozog‘iston futbol federatsiyasiga yaqin manba RFIdan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish bo‘yicha murojaat bo‘lganini, biroq ular taklifni rad etishganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston futbol federatsiyasiga yaqin manbaning “Eurostavka.ru” nashriga ma’lum qilishicha, tashkilot Rossiya terma jamoasi bilan o‘ynamaslik uchun faol ravishda boshqa raqib qidirmoqda. Ozarbayjon futbol federatsiyasidagi manba esa Rossiya bilan o‘rtoqlik o‘yini rejalashtirilmaganini ma’lum qildi.
25 sentyabr kuni Rossiya terma jamoasi Qirg‘iziston bilan o‘ynaydi. Shuningdek, noyabr oyida terma jamoa Eronga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar