
O‘zbekiston chempionatida to‘p surgan ikki legioner sobiq klubiga qaytdi
Tojikistonning birinchi raqamli klubi – “Istiqlol” yangi mavsumga tayyorgarlignini davom ettiryapti. Yaqinda ushbu jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Rossiyalik Igor Cherevchenko ushbu lavozimni egalladi.
Klubdagi selektsiya ishlari davom ettirilyapti. Kuni kecha AGMK jamoasini tark etgan tojikistonlik legioner Alisher Jalilov yana “Istiqlol”ga qaytdi. Yodingizda bo‘lsa, bu o‘yinchi o‘tgan yil boshida “Istiqlol”dan AGMKga ko‘chib o‘tgandi. Endi esa yana sobiq jamoasiga qaytdi.
“Istiqlol” mashg‘ulotlarida muxlislarimizga yaxshi tanish bo‘lgan yana bir futbolchi qatnashyapti. “Navbahor”dagi faoliyati orqali o‘zidan iliq taassurot qoldirgan Exsoni Panshanbe ham hozirda sobiq jamoasi yig‘inida ishtirok etyapti. Bilsangiz, bu futbolchi o‘tgan yili namanganliklar safini tark etgach, yarim mavsum Eronning “Zob Axan” safida to‘p surdi va muddatidan oldin shartnomasini bekor qilgandi.
Fikrlar