Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni 2025 yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan jahon chempionatini Toshkentda o‘tkazish bo‘yicha amaliy ishlar olib bormoqda. Buning uchun da’voga tomon Xalqaro boks assotsiatsiyasi AIBAga bu borada ariza bilan murojaat qilishi lozim bo‘ladi. Sport mutasaddilari qit’aning eng nufuzli musobaqasi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik uchun da’vo qilishdan oldin, aynan boks bo‘yicha nufuzli turnirni Toshkentda o‘tkazishni reja qilgan.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi jahon chempionati 2019 yilda Rossiyaning Ekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tdi va unda O‘zbekiston terma jamoasi uchta oltin medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandi.
Ma’lumot uchun, 2021 yilgi jahon chempionati Hindiston poytaxti Nyu-Deli shahrida, 2023 yilgi JCh esa Kolumbiya poytaxti Bogota shahrida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar