
O‘zbekiston - Qirg‘iziston uchrashuvida nechta o‘yinchi almashtirilishi ma’lum. Natija FIFA reytingiga ta’sir qiladimi?
Xabaringiz bor, bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida Qirg‘iziston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Ushbu bellashuv oldidan ko‘pchilik mazkur bahs FIFA reytingiga ta’sir qilishi mumkinmi degan savol bilan murojat qilmoqda.
O‘FA matbuot xizmati rahbari Davron Fayziev telegramdagi o‘zining sahifasida ushbu o‘yinda jamoalar 6 tadan o‘zgarish qilishlarini ma’lum qildi. Demak, qoidaga ko‘ra o‘rtoqlik o‘yinida 6 tagacha o‘zgarish qilinsa, natija FIFA reytingiga ta’sir qiladi. Ammo o‘yin FIFA kunlari o‘tkazilmayotgani uchun bu bellashuvning natijasi pastroq baholanadi. Ma’lumot o‘rnida, 11-19 noyabr FIFA kunlari etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu o‘yin 17:00da start oladi.
Fikrlar