O‘zbekiston - Qirg‘iziston do‘stlik aloqalari futbolda ham rivoj topmoqda

  • 3 iyul, 2019, 09:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bundan roppa-rosa bir hafta muqaddam Andijon viloyat bolalar-o‘smirlar futbol maktabi tarbiyalanuvchilari uzoq yillar hamyurtimiz Ravshan Ermatov bilan birga jahon maydonlarida faoliyat olib borgan, ayni damda esa O‘sh shaxrining A.Mo‘minov nomidagi futbol maktabi direktori hisoblangan qirg‘izistonlik mashhur hakam Bahodir Qo‘chqorov taklifiga ko‘ra an’anaviy “Do‘stlik” kubogi xalqaro musobaqasiga tashrif buyurishgani haqida xabar bergan edik.

Tecno

Kecha, 2 iyul kuni Bahodir Qo‘chqorov boshchiligidagi Qirg‘iziston delegatsiyasi Andijonga keldi. Mehmonlar dastlab Sho‘rbuloq dahasida joylashgan Andijon viloyat futbol akademiyasida bo‘lishdi va u erda yaratilgan sharoitlar, mashg‘ulot jarayonlarini ko‘zdan kechirishdi. So‘ngra Bo‘ston dahasida joylashgan viloyat bolalar-o‘smirlar futbol maktabiga tashrif buyurishdi. U erda mehmonlarni karnay-surnay sadolari ostida keng jamoatchilik vakillari, murabbiylar va futbolchi yoshlar kutib olishdi. Ushbu tashrifning bevosita tashkilotchisi hisoblangan Andijon viloyat bolalar-o‘smirlar futbol maktabi direktori Farruh Mirzaev tantanali marosimda so‘z olib, har ikkala davlatning do‘stlik aloqalari yanada mustahkamlanayotgani va bundan keyin ham bunday hamkorlik, o‘zaro tajriba almashish ishlari to‘xtab qolmasligini alohida ta’kidladi. O‘z navbatida taniqli hakam Bahodir Qo‘chqorov ham bunday mehmondo‘stlik uchun minnatdorchilik bildiri, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik aloqalari barcha sohalarda bo‘lgani kabi futbolda ham rivoj topishi tarafdori ekanini aytdi.

Tadbir so‘nggida mehmonlarga Andijon viloyat bolalar-o‘smirlar futbol maktabi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi. O‘z navbatida qirg‘izistonliklar ham o‘zlari bilan olib kelgan milliy sovg‘alarini topshirishdi.

Shundan so‘ng viloyat BO‘FM maydonida Qirg‘iziston respublikasining O‘sh oblasti futbol akademiyasi hamda Andijon viloyat bolalar-o‘smirlar futbol maktabi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi.

Futbol uchrashuvi yakunlangach Qirg‘iziston delegatsiyasi a’zolari Andijon shahridagi diqqatga sazovor joylarga olib borildi. Ayniqsa, dunyoga mashhur Bog‘ishamol bog‘iga uyushtirilgan sayohat qirg‘izistonlik yosh futbolchilarning xotirasida bir umr saqlanib qoladigan bo‘ldi.

Shu o‘rinda ushbu do‘stlik rishtalarini tiklashda va uni yanada mustahkamlashda Andijon viloyat bolalar-o‘smirlar futbol maktabi direktori Farruh Mirzaev hamda O‘sh oblasti futbol akademiyasi direktori Bahodir Qo‘chkorovning mehnatlarini alohida qayd etish lozim. Umid qilamizki, ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar bundan keyin ham yanada rivoj topadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Стас Михайлов
03/07/2019 13:17
Мутилалар жамоа юткасса хурсанд боладигонлару
&
UZNUR
03/07/2019 10:46
UZB VA KIRGIZ MTJ O'YNASH KERE