O‘zbekiston - Gonkong bahsida maydonga yugurgan muxlislar jazolandi, 3 nafar "qahramon" esa qamaldi

  • 29 mart, 2024, 17:10
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"JCh-2026" va Osiyo kubogi-2027 qo‘shma saralash bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Gongkong uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.  Uchrashuv vakillarimizning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

O‘yindan so‘ng bir qator muxlislar belgilangan to‘siqlarni oshib o‘tib, maydonga yugurib chiqishdi. 

"Futbol maydonida tartibsizlik keltirib chiqargan shaxslar, huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmay, ularga ham qarshilik ko‘rsatdilar.

Shundan so‘ng ular darhol "Chilonzor" tumani IIOFMBga olib kelindi. Tartibbuzarlarning 6 nafari voyaga etmagan shaxslar bo‘lganligi sabab, ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga binoan ularning ota-onasiga nisbatan ma’muriy bayyonnoma rasmiylashtirilib, jarimaga tortildi. Qolgan 3 nafar shaxs yuzasidan ham ma’muriy bayyonnoma tuzildi va qonuniy qaror qabul qilish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborildi.  Sud tomonidan qoidabuzarlarning 2 nafari Nurlan Amangaliev hamda Kamoliddin Rahimovlarga O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183 va 194 moddalariga binoan 5 sutkadan, Murodjon Mardonovga esa 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi", deyiladi Toshkent shahar IIB xabarida.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ilhomjon Feyz
29/03/2024 17:13
Xbet manimcha