O‘zbek jiu-jitsusi kelajakda jahonni zabt etadi

BEPUL PROPAN

20-23 dekabr kunlari poytaxtimizdagi "Universal" sport saroyida jiu-jitsu bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqa yuqori saviyada va qiziqarli bahslarga boy tarzda o‘tdi. 

Biz ushbu turnir va umuman O‘zbekistonda jiu-jitsuni rivoji borasida O‘zbekiston jiu-jitsu federatsiyasi raisi o‘rinbosari Kamoliddin Sharofutdinovning fikrlariga qiziqdik.

- O‘zbekiston kubogi musobaqasini yuqori saviyada o‘tkazishga harakat qilyapmiz. Qaysidir ma’noda buni uddasidan chiqyapmiz desak ham bo‘ladi. Barcha murabbiylar va sportchilarni ko‘ngli to‘lmoqda. Jiu-jitsu jahondagi eng ommabop yakkakurash turlariga aylanib boraetganligi sir emas. Olimpiya dasturidan o‘rin olish yo‘lida ham Xalqaro federatsiya tomonidan katta ishlar olib borilyapti. Qolaversa, ADXC kabi qudratli promoushen ham tashkil etilib, jiu-jitsuni yanada ommabop sport turlariga aylantirmoqda. Albatta, o‘zbek jiu-jitsusini ham jahon miqyosida o‘zi o‘rniga ega bo‘lishi uchun qo‘ldan kelgan ishlarni amalga oshirish yo‘lidamiz. Xabaringiz bor, bu yakkakurash turi Osiyo o‘yinlaridan o‘rin olgan. Shuning uchun astoydil yaxshi sportchilarni saralab, ularga barcha sharoitlarni yaratib berish ustivor vazifamizdan iborat. Zero, bizning jiu-jitsuchilarimiz ham yurtimiz sharafini xalqaro arenalarda munosib himoya qilish kerak. Garchi bu yakkakurash turi yurtimizda yosh sport yo‘nalishlaridan bo‘lsa ham sezilarli yutuqlarga erishmoqdamiz. Osiyo o‘yinlari, Osiyo chempionati, Jahon chempionatlarida g‘olib va sovrindorlarimiz bor. Bu bilan cheklanib qolmoqchi emasmiz. O‘ylaymanki o‘zbek jiu-jitsusi kelajakda jahonni zabt etadi!

Quyidagi havola orqali mazkur musobaqadan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin: https://drive.google.com/drive/folders/17oI7a-majH3Yh_VDEIHgid2PKyviSRPh?usp=sharing
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!