O‘zbek futbolchilariga uch kunda ikki marta yutqazgan terma jamoa murabbiyi iste’foga chiqdi
Toshkentda O‘zbekiston U-20 terma jamoasi qozog‘istonlik tengqurlari bilan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Dastlabki, bahsda Firdavs Abdurahmonov tomonidan kiritilgan yagona gol o‘yin taqdirini hamyurtlarimiz foydasiga hal qildi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalari o‘rtasidagi ikkinchi uchrashuv ancha keskin va murosasiz o‘tdi. Ilk uchrashuvdagi mag‘lubiyat uchun revansh olishni ko‘zlagan Qozog‘iston U-20 terma jamoasi sakkizinchi daqiqadayoq Ali Turganovning aniq zarbasi evaziga hisobni ochdi.
Biroq tanaffusga O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchisi Abdug‘ofur Haydarov raqib darvozasiga ikkita to‘p kiritib, mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirdi. Ikkinchi bo‘limda Asilbek Jumaev hisobni yiriklashtirdi – 3:1.
Qozog‘iston U-20 terma jamoasi katta murabbiyi Denis Mamonov O‘zbekistonning yosh futbolchilari bilan bo‘lib o‘tgan ikkita uchrashuv bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi va lavozimidan iste’foga chiqishini e’lon qildi.
- Toshkentda biz O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdik. Bunaqa imkoniyat paydo bo‘lganida, biz ikkita uchrashuv formatini tanladik. Chunki yigitlarimizga ko‘proq xalqaro tajriba kerak.
Shuningdek, bu o‘yinlarda zaxiradagi o‘yinchilarning salohiyatini o‘rganish uchun barcha nomzodlarga futbol o‘ynash imkonini berishga qaror qildik.
Afsuski, ikkala uchrashuvda ham imkoniyatni boy berdik. Andorradan uchralgan alamli mag‘lubiyatdan keyin murabbiylar shtabi bu o‘yin futbolchilarning kayfiyatiga salbiy ta’sir qilganini sezgan edi.
O‘zbekistonga qarshi o‘tkazilgan birinchi uchrashuvda futbolchilarimiz Andorradan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin o‘zlariga bo‘lgan ishonchni qaytarish, har tomonlama tiklanib olish va muxlislarni xursand qilish uchun ijobiy natija qayd etish kerakligini yaxshi bilishardi. Ammo uchrashuv oxirida gol o‘tkazib yuborib, 0:1 hisobida yutqazdik.
Ikkinchi o‘yinda esa, dastlabki daqiqalardan raqibga bosim o‘tkazishga harakat qildik, buning samarasida tezkor gol ham urdik. Yakunda esa, yana mag‘lubiyatga uchradik. Buning sababi shuki, bahs davomida o‘zimiz yaratgan xavfli vaziyatlardan unumli foydalana olmadik.
O‘zbekiston bilan bo‘lgan ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng kiyim almashtirish xonasida futbolchilarga Qozog‘iston yoshlar terma jamoasi katta murabbiyi lavozimini tark etishimni e’lon qildim.
O‘yinchilarning professionalligi uchun ularga minnatdorlik bildirdim, oldinda bo‘ladigan Evropa chempionati saralash turniri uchrashuvlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishlarini tiladim, tez orada hozirgi vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarishiga umid qilishimni aytdim, - dedi Denis Mamonov.
Husanov ham “Siti” top-reytingga kirishiga hissasi qo‘shdi
Tezkor: Husanov qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi!
O‘zbekiston yagonaligicha qoldi: Biz kutgan yana bir terma jamoa jahon chempionatiga chiqolmadi
O‘zbekistonga qarshi saf tortadigan Urugvay nimasi bilan kuchli?
Husanov mashhur futbolchining mundialga yo‘lini to‘sib qo‘ydi
“Manchester Siti”ning Husanov bo‘yicha yakuniy qarori ma’lum bo‘ldi



Fikrlar