
O‘z tarkibiga Javlon Guseynov, Abdumalik Abdullaev va boshqalarni qo‘shib olgan “Olmaliq” Turkiyaga yo‘l oldi
AGMK futbol klubi a’zolari bugun erta tongda Turkiyaning Antaliya shahriga o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazish uchun yo‘l olishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jamoa 4-28 yanvar kunlari Antaliyaning "Kremlin" mehmonxonasida istiqomat qiladi va mehmonxona hududida joylashgan futbol maydonida mashg‘ulotlarini o‘tkazadi. Mazkur yig‘in davomida jamoa 5 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishni rejalashtirgan. Uchrashuvlar 10, 15, 17, 23 va 27 yanvar kunlari tashkillashtiriladi.
Jamoa yig‘inga 25 futbolchi bilan yo‘l oldi.
Jamoa tarkibi quyidagicha: Roman Abdulov, Xurshid Xodjaev, Akbar To‘raev, Nizomiddin Ziyovutdinov, Vladislav Kasminin, Javlon Guseynov, Abduqahhor Hojiakbarov, Saydullo Rahmatov, Xurshid Muxtorov, Shahzodbek Alakulov, Lutfulla To‘raev, Igor Yelich, G‘ulom-Haydar G‘ulomov, Dilshod Jo‘raev, Muhammad Isaev, Sanjar Rixsiboev, Muzaffar Muzaffarov, Otabek Zokirov, Ibrohim No‘’monov, Shoxboz Umarov, Zafar Polvonov, Kamoliddin Murzoev, Abdumalik Abdullaev, Shohnazar Norbekov, Kamronbek Abdulhamidov.
Shuningdek, bir qator legioner futbolchilar yig‘in davomida ko‘rikdan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Fikrlar