
“Real”dan ketmayman!
“Real” hujumchisi Mariano Diasning klub bilan amaldagi shartnomasi kelasi yoz yakunlanadi.
Karlo Anchelotti dominikanlik futbolchiga yangi mavsumda ham imkoniyat bermoqchi emas. Klub rahbariyati ham Diasga yangi shartnoma taklif qilmaydigan bo‘ldi.
“Qirollik klubi” yoz ichi 29 yoshli futbolchidan qutilmoqchi bo‘ldi. “Real” tarbiyalanuvchisiga faqatgina “Selta”dan qiziqish bo‘lganiga qaramay, vigoliklar rasmiy taklif bilan murojaat qilgani yo‘q.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Dias shartnomasi oxirigacha Madridda qoladi va kelasi yozda erkin agent sifatida jamoani tark etadi.
Dias shu kunga qadar klublar miqyosida jami 214 ta uchrashuvda qatnashib, 84 ta gol va 12 ta assist qayd etgan.
Fikrlar