Oybek Rustamov OKMKdan ketdi
Oybek Rustamov OKMKni tark etdi. Bu haqda Olmaliq klubi matbuot xizmati xabar berdi.
"Barchasi uchun rahmat, Oybek!
OKMK FK jamoasi va yarim himoyachi Oybek Rustamov o‘rtasidagi shartnoma o‘zaro kelishuvga asosan bekor qilindi.
Huquqiy jihatdan "Qo‘qon-1912" klubiga tegishli bo‘lgan futbolchi 2023 yil boshidan buyon "konchilar" safida ijara asosida to‘p surib kelayotgandi. Shartnoma bandlariga muvofiq, ijara muddati yakuniga etgach, Oybek Rustamov vodiy jamoasi ixtiyoriga qaytdi.
Iqtidorli futbolchi uch yillik faoliyati davomida Olmaliqliklar libosida 83 ta uchrashuvda maydonga tushib, maydon markazida yuqori pressing, o‘yin qurishdagi faolligi hamda etakchilik fazilatlari bilan ajralib turdi va 6 bor raqib darvozasini ishg‘ol etib, jamoa natijalariga munosib hissa qo‘shdi.
OKMK FK Oybek Rustamovga jamoa safidagi samarali faoliyati uchun minnatdorchilik bildiradi va kelgusi faoliyatida omad tilaydi", - deyiladi xabarda.
Futbolchining keyingi manzili Qarshining "Nasaf" jamoasi bo‘lishi kutilmoqda.



Fikrlar