
Otabek Shukurov va "Sharja" chempionlikni qay tarzda nishonladi? (foto+video)
Hamyurtimiz Otabek Shukurov faoliyat olib boradigan "Sharja" jamoasi so‘nggi turni "Emireyts" maydonida o‘tkazdi va 2:1 hisobida zafar quchdi. Mazkur bellashuv tugaganidan so‘ng muddatidan oldin chempionlikni naqd qilgan "Sharja" jamoasi a’zolarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda ayni vaqtda jarohatini davolatayotgan Shukurov ham ishtirok etdi va oltin medallarni qabul qilib oldi.
BAA Pro-ligasi. 26-tur
"Emireyts" - "Sharja" 1:2.
Fikrlar