Otabek Narzullaev: "So‘g‘diyona"ning chempion bo‘lishini istaymiz
O‘zbekiston Kubogi 1/8 final bosqichida “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Mash’al”ni 5:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va musobaqadan chiqarib yubordi. Uchrashuvdan so‘ng muborakliklar yordamchi murabbiyi o‘yin borasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Bugungi g‘alaba bilan "So‘g‘diyona" jamoasini tabriklayman! Raqibni qanday kuchga ega ekanini bilardik. Ularning qanday o‘yin ko‘rsatishi, qay tomoni kuchli yoki kuchsiz ekanini o‘rganib chiqqandik. Biz nozik tomonlardan foydalana olmadik.
Shuningdek, yoshlarga imkon berdik. O‘ylaymanki, yoshlar o‘z xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqaradi. Bizda o‘yin oldidan jarohatlar ham bor edi. 4-5 ta futbolchimiz hali tarkibga qaytgani yo‘q.
28 avgustda bizni yana bir qiyin o‘yin kutib turibdi. "Turon"ga qarshi bahs oson bo‘lmasligi aniq.
"So‘g‘diyona" har tomonlama bizdan kuchli ekani aniq edi. Ammo birinchi va ikkinchi taymda ham raqibga munosib qarshilik ko‘rsata oldik.
- "So‘g‘diyona"ning OFK kubogidagi o‘yinlarini ko‘rib chiqdingizmi?
- Har bir o‘yinini kuzatib chiqqandik. Raqibning zaif joyini aniqlash uchun bu juda zarur. Mazkur bellashuvlardan so‘ng "bo‘rilar"ning o‘yinini tahlil qilishga harakat qildik. Umuman olganda, o‘zimizning xatolarimiz sabab mag‘lub bo‘ldik.
- "So‘g‘diyona"ning halqaro maydondagi uchrashuvlariga omad tilaymiz! Ular O‘zbekiston nomidan o‘ynaydi va ishonchni to‘la oqlaydi, deb o‘ylayman. Biz jamoaning chempion bo‘lishini istaymiz.



Fikrlar