Ot sporti. “Uzbekistan Global Tour-2022” musobaqasining to‘qqizinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi

  • 4 dekabr, 2022, 14:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Ot sporti
CHERY AUTO

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Allyur” ot sporti klubida konkur bo‘yicha “Uzbekistan Global Tour-2022” musobaqasining to‘qqizinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan mohir chavandozlar qatori O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziev 120 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash dasturida ikkita otda o‘z imkoniyatni sinab ko‘rdi va har ikki chiqishda ham sovrindorlar qatoridan joy oldi. Batafsil:

"F" toifasi, 110 sm (to‘siq balandligi):
1. Anna Sigidina ("Elis G", laqabli otda)
2. Ma’rufbek Abdullaev ("Yadgar Sher")
3. Taisiya Lokteva ("Gayums").

"E" toifasi, 120 sm:
1. Farrux O‘rinboev ("Gled Stoun")
2. Bahromjon Gaziev ("Etos")
3. Bahromjon Gaziev ("Leo King")

"S" toifasi, 115 sm:
1. Akbar Sharipov ("Keshmeyker")
2. Dilshod Shokirov ("Elis G")
3. Sarvarbek Toirov ("Rizotta")

"B" toifasi, 130 sm:
1. Temur Azizov ("Furina Fan de Fiarat Z")
2. Sergey Antonovich ("Skay")
3. Xurshidbek Alimjonov ("Lastij Sok")

"D" toifasi, 135 sm:
1. Temur Azizov ("Ileksta")
2. Sergey Antonovich ("Uilbot")
3. Jasur Hotambekov ("Omadli yulduz")

"A" toifasi, 150 sm:
1. Xurshidbek Alimjonov ("Chempionlar ligasi")

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!