
Oston O‘runovni "Spartak"ka sig‘dirmagan murabbiy "Leyptsig"ni boshqaradi!
"Spartak" sobiq murabbiyi Domeniko Tedesko "Leyptsig"ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda nemis klubi matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Mutaxassis yangi jamoasi bilan 2023 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Bitimning moliyaviy tomonlari oshkor qilinmadi. Tedeskoning shtabidan Andreas Xinkel va darvozabonlar murabbiyi Maks Urvanchki ham o‘rin oladi.
Ma’lumot uchun, "Leyptsig" 14-turdan so‘ng Bundesliga turnir jadvalida 18 ochko bilan 11-o‘rinni band etib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Tedesko "Spartak"dagi vaqtida legionerimiz Oston O‘runovni asosiy tarkibga kiritmay, uni "Ufa"ga ijaraga berib yuborgandi.
Fikrlar