Osiyo o‘yinlari. Bokschilarimiz ajoyib g‘alabalar bilan yurishlarini davom etmoqda

  • 25 oktabr, 11:15
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 22-31 oktyabr kunlari Bahrayn davlatining Manama shahri o‘smirlar o‘rtasidagi III yoshlar Osiyo o‘yinlari kompleks musobaqalariga mezbonlik qiladi. Kechagi bahslardan 4 nafar bokschimizning janglari o‘rin olgandi.

Tecno

Ruxshonabonu Axadova -46 kg vaznda filippinlik Shairille Poresga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 

+80 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, Asadbek Sultonboev hindistonlik Raxulni birinchi raunddayoq texnik nokautga uchratdi.

Nazokat Mardonova ham keyingi bosqichda. Bokschimiz -50 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, yaponiyalik Ito Runani 5:0 hisobida mag‘lub etdi.

Abdug‘ani Yorqinjonov -46 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, Janubiy Koreya vakili Lee Changvookni uchinchi raundda texnik nokautga uchratdi. 

Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!