
Osiyo kubogi U-23. Yarim finalda vakillarimizga ikki Osiyo grandidan biri raqiblik qiladi
23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi chorak finalidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Iroq uchrashuvi kurashlarga boy o‘tdi.
Deyarli butun o‘yin 1 kishi kam bo‘lib harakat qilgan vakillarimiz asosiy va qo‘shimcha daqiqalarda 2:2 hisobini saqlab qoldi, penaltilarda esa Vladimir Nazarovning say-harakatlari evaziga 3:2 hisobida raqibdan ustun keldi.
Shu tariqa, Timur Kapadze shogirdlari yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ushbu bosqichda ularga Janubiy Koreya hamda Yaponiya juftligi g‘olibi raqiblik qiladi.
Fikrlar