
Osiyo kubogi U-23. Yaponiyaga qarshi o‘yinga muxlislar kiritiladimi? OFK qaror qabul qildi
Xabaringiz bor, 23 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida Osiyo kubogi turniriga O‘zbekiston mezbonlik qilmoqda. Chorak finaldan o‘rin olgan O‘zbekiston - Iroq bahsida muxlislarning tartibsizlikka yo‘l qo‘yganini bilasiz.
Shu sababli, OFK yarim final doirasidagi O‘zbekiston - Yaponiya bellashuviga muxlislar kiritilmasligini ma’lum qildi. Shuningdek, Iroqqa qarshi bellashuvda qizil kartochka olgan darvozabonimiz Abduvohid Ne’matov 3 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi. Bundan tashqari, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga 50 ming dollar miqdorda jarima belgilandi.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu bellashuvga 500 nafar yaponiyalik tomoshabin o‘yinni to‘g‘ridan-to‘g‘ri stadiondan turib kuzatish imkoniyatiga ega.
Fikrlar