
Osiyo kubogi U-23. Iordaniya va Iroq terma jamoasi bosh murabbiylari bugungi o‘yin oldidan nimalar dedi?
Bugun 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogiga start beriladi. "B" guruhidan joy olgan Iordaniya va Iroq jamoalari 22:00 da o‘zaro kuch sinashadi.
Mazkur bahs oldidan ikki jamoa bosh murabbiylari o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Ahmad Ayel (Iordaniya U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi):
"Hamma jamoalar kuchli va keyingi bosqichga chiqishga qurbi etadi. Biroq Iroqqa qarshi birinchi o‘yindagi g‘alaba biz uchun katta "eshiklar"ni ochadi.
Tarkibimizda yaxshi futbolchilar bor. Shunday ekan, pley-off haqida o‘ylashimiz xato bo‘lmaydi.
Iroqning Eronga o‘rtoqlik o‘yinini tahlil qilib chiqdik. Qayd etish lozim, musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. Bizning guruh kuchli jamoalardan tashkil topgan. O‘sishda va ishlashda davom etishimiz lozim".
Miroslav Sokup (Iroq U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi):
"Men bu erda 1 yildan buyon ishlab kelyapman. Biz turnir oldi ko‘plab mashg‘ulot va o‘yinlar o‘tkazdik.
O‘tgan hafta Eronga qarshi Bag‘dodda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdik. Evropadan tashqari mahalliy chempionatdan ham o‘yinchilarni tanlab oldik.
Jamoamiz musobaqada g‘olib bo‘lishga intilayotgan raqiblar bilan birga ekanidan mamnun. Biz favorit emasmiz. Biroq g‘alaba qozonishga harakat qilamiz".
Fikrlar