
Osiyo kubogi saralashi. Maldiv orollari bilan ilk, Shri-Lanka bilan ikkinchi marta o‘ynaymiz. Tailand biz uchun xavfli raqib!
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2023 yil Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogining saralash bosqichida ishtirok etadi. Bugun Osiyo kubogi saralash bosqichiga qur’a tashlandi.
Srechko Katanets boshchiligidagi vakillarimiz "C" guruhiga joylashdi. Kvartetdan Tailand, Maldiv orollari va Shri-Lanka ham o‘rin olgan.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida OFK tasnifiga kiruvchi 34 termalarga qarshi maydonga tushgan.
Maldiv orollari ro‘yxatda 35-o‘rinni egallaydi. Sababi, shu kungacha ushbu jamoalar biror marta ro‘baro kelmagan.
Vakillarimiz Shri-Lanka bilan atigi bir marta – 2000 yilgi Osiyo kubogi saralash turnirida maydonga tushgan. 1999 yilning noyabr oyida kechgan bahsda O‘zbekiston terma jamoasi 6:0 hisobida g‘alaba qozongan.
Tailandga qarshi 7 marta maydonga tushib, 3 uchrashuvda g‘alaba qozongan, ammo 4ta bahsda mag‘lub bo‘lgan. To‘plar farqi 15-17.
Fikrlar