
Osiyo kubogi. Chorak finalga chiqqan ilk terma jamoa nomi ma’lum
Osiyo kubogi nimchorak finalidan o‘rin olgan Avstraliya - Indoneziya uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bahs "kengurular"ning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Dastlab, 12-daqiqada indoneziyalik himoyachi o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Birinchi taym so‘ngida esa, o‘ng qanotdan uzatib berilgan to‘pni Boyl boshi bilan darvozaga to‘g‘irlab qo‘ydi - 2:0.
Keyinchalik 89-daqiqada Gudvin oaradagi farqni 3taga oshirib qo‘ygan bo‘lsa, Xarri Suttar 90+1 daqiqada raqib darvozasiga 4-golni urdi.
Shu tariqa Grem Arnold shogirdlari keyingi bosqichga yo‘l oldi. Ular guruhda O‘zbekiston terma jamoasi bilan bir guruhdan chiqishgan edi.
Fikrlar