
Osiyo chempionligi uchun titanlar to‘qnashuvi: O‘zbekiston - Yaponiya!
Tailandda yakuniga etib borayotgan dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida birgina final qoldi.
Bizning vaqt bilan soat 14:00da aralash jamoaviy musobaqaning hal qiluvchi final bahsi boshlanadi. Unda O‘zbekiston va Yaponiya terma jamoalari tatamida o‘zaro to‘qnash keladi.
Tojikiston - Mo‘g‘uliston hamda Koreya Respublikasi - Qozog‘iston juftliklari uchrashuvida Osiyo chempionatining bronza medallari taqdiri hal bo‘ladi.
Fikrlar