
Osiyo chempionati. Bokschilarimizning finaldagi raqiblari ma’lum bo‘ldi
Bugun o‘tkazilgan yarim final janglari yakuniga ko‘ra, 5 nafar bokschimiz final janglarida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lishdi.
Unga ko‘ra, ertaga soat 11:00 dan so‘ng boshlanadigan janglarda quyidagi bokschilarimiz ishtirok etishadi. Bu haqda boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov - Dipak (Hindiston)
-56 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Kavinder Singx Bisht (Hindiston)
-69 kg: Bobousmon Baturov - Sevonrets Okazava (Yaponiya)
-91 kg: Sanjar Tursunov - Xyong Kyu Kim (Janubiy Koreya)
+91 kg: Bahodir Jalolov - Kamshibek Konkabaev (Qozog‘iston)
Fikrlar