Osiyo chempionati. Bobousmon Baturov O‘zbekiston hisobiga uchinchi oltin medalni yozib qo‘ydi

  • 26 aprel, 2019, 13:15
  • 2
  • Boks
CHERY AUTO

-69 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Bobousmon Baturov hal qiluvchi bahsda yaponiyalik Sevonrets Okazavaga qarshi ringga ko‘tarildi va ochkolar hisobi bo‘yicha raqibini mag‘lub etdi.

Tecno

Shu tariqa Baturov delegatsiyamiz hisobiga uchinchi oltin medalni yozdirib qo‘ydi. Bunga qadar Nodirjon Mirzahmedov (-49 kg) va Mirazizbek Mirzahalilov (-56 kg) finalda o‘z raqiblarini mag‘lub etish orqali oltin medal sohibi bo‘lishgan edi.

Birozdan so‘ng esa Sanjar Tursunov (-91 kg) va Bahodir Jalolov (+91 kg) ringga ko‘tarilishadi. SPORTS.uz sayti jamoasi bo‘lajak janglarda hamyurtlarimizga omad tilaydi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
26/04/2019 14:10
футболчиларимизга ишониб қолсак ютқазиб юраверамиз
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
26/04/2019 14:10
яхшиям шу бокс бор