O‘runovning raqobatchisiga og‘iz solayotgan Angliya klublari nomi oshkor bo‘ldi

  • 19 noyabr, 2020, 23:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Spartak”ning boshlang‘ich tarkibiga kirishda Oston O‘runovning asosiy raqobatchilaridan biri bo‘lgan Aleks Kralga Annliya premer-ligasi vakillaridan qiziqish bo‘layotgani haqida xabar bergandik

Tecno

Endi bu klublar nomi ma’lum bo‘ldi. Xabarlarga qaraganda, “Everton” va “Nyukasl” qishki transferlar vaqtida futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Inglizlar yozda bo‘ladigan Evropa chempionatidan so‘ng, Chexiya terma jamoasida ishonchli to‘p surayotgan yarimhimoyachining transfer summasi ko‘tarilib ketishidan xavotir olmoqda.

“Spartak” rahbariyati ham Kralning yo‘lini to‘smoqchi emas. Moskvaliklar 25-30 million funt atrofidagi mablag‘ evaziga Aleksni Angliyaga kuzatib qo‘yishga tayyor. Chunki “Spartak” tarkibida Kralning o‘rnini bosadigan futbolchilar etarli.

Rossiya futbolida mojaro. Jaloliddinov jamoadoshlari O‘runov jamoasiga qarshi o‘ynashdan bosh tortmoqda!

O‘runovning raqobatchisi Angliyaga ketadi

“Navbahor”ning sobiq bosh murabbiyi sirni ochib qo‘ydi

“O‘runovning zo‘r futbolchi bo‘lishiga ishonmayman!”

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!