O‘runovning jarohati haqida yangi ma’lumot

  • 1 noyabr, 2020, 08:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya premer-ligasining 13-turida “Spartak” o‘z maydonida “Rostov”ga kichik hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Ushbu uchrashuvning 80-daqiqasida zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Oston O‘runov oradan bir necha daqiqa o‘tib, oqsoqlangancha maydonni tark etdi.

Tecno

Hamyurtimiz o‘tgan oktyabr oyida O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘inida jarohat olib, “Spartak”ning bir necha muhim uchrashuvini o‘tkazib yuborgandi. U jarohatidan qutilib, birinchi marta maydonga chiqqandi.

O‘runovning yangi jarohati haqida “Spartak” bosh direktori Shamil  Gazizov quyidagicha ma’lumot berdi.

- Oston sonining orqa qismidan jarohat oldi. Baxtsiz hodisa. U uchrashuvda to‘liq tayyor edi. Bunaqasi bo‘lib turadi. Umid qilamizki, jarohati jiddiy emas, - dedi Gazizov.

Endi o‘zbekistonlik legioner tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va shikastlanish darajasi aniqlanganidan keyin davolash va tiklanish vaqtiga oydinlik kiritiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool fan
01/11/2020 11:13
Шу бомагур Спартакка утиш керемасидидэ