O‘runovning jamoasi premer-liga klubini mensimadi

  • 12 iyun, 2020, 22:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Oston O‘runov to‘p surayotgan “Ufa” klubi Rossiya premer-ligasi restartiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Tecno

Ammo, “Ufa” RPLning boshqa bir klubi - “Ural”ning o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish haqidagi taklifini rad etdi. Bu haqda Ekaterinburg shahri jamoasi prezidenti Grigoriy Ivanov aytib o‘tdi.

“Bizda chempionat restartigacha o‘rtoqlik va nazorat uchrashuvlari bo‘lmaydi. Bizda o‘yin o‘tkazadigan joy bor, lekin raqib yo‘q. Birinchi va ikkichi divizion jamoalar tarqatib yuborildi. O‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish uchun qaergadir borish esa sabab bo‘lolmaydi.

Biz bu borada “Ufa”ga taklif bilan chiqdik, lekin ular rad etishdi. Atrofimizda esa boshqa jamoa yo‘q”, - deydi Ivanov.

Ma’lumot uchun, “Ufa” ayni damda 22 turdan so‘ng RPL musobaqa jadvalida 9-o‘rinni egallab turibdi, ulardan 2 ochko kam jamg‘argan “Ural” esa 10-pog‘onadan joy olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!