O‘runovni kuting...

  • 14 oktabr, 2021, 09:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Ufa” klubi bosh direktori Shamil Gazizov jamoaning o‘zbekistonlik legioneri Oston O‘runov qachon maydonga qaytishi mumkiligini haqidagi savolga javob berdi.

Tecno

Ma’lumki, hamyurtimiz jarohat tufayli bir necha hafta davomida maydondan uzoqda yurdi.

- O‘runov umumiy guruh mashg‘ulotlarida qatnashyapti. Hammasi joyida. Biz uni “Krasnodar” bilan o‘yinda ko‘rishimiz mumkin. Buning uchun esa, jamoa bosh murabbiyi unga ishonch bildirishi kerak bo‘ladi, - dedi Shamil Gazizov.

20 yoshli futbolchimiz “Spartak”dan ijaraga olinganidan keyin “Ufa” tarkibida premer-liganing ikkita uchrashuvida zaxiradan o‘yinga tushdi va birorta samarali harakat qayd etmadi.

“Krasnodar” – “Ufa” uchrashuvi 17 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!