Kanchelskis: O‘runovning zo‘r futbolchiligini bilmaganimda gapirmasdim, hatto Evropada ham har bir futbolchiga imkon beriladi!

  • 3 sentabr, 2022, 13:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya futboli afsonalaridan biri Andrey Kanchelskis o‘zbekistonlik futbol ishqibozlariga yaxshi tanish. Xalqimizni uni futbolchi sifatida Evropadagi, xususan, “Manchester Yunayted”dagi o‘yinlari bilan tanib olgan.

Tecno

Qolaversa, Kanchelskis murabbiylik faoliyati davrida “Navbahor”ni  ikki marotaba boshqardi. Namanganliklarni yuksak marralar sari etaklay olmagan bo‘lsa-da, har holda o‘zbek futboli va ijrochilar haqida ko‘p narsa biladi.

Aytgancha, “Navbahor” mashhur yulduzning murabbiylik faoliyatidagi so‘nggi jamoa bo‘lib qolmoqda.

Kanchelskis_rasmi_-_25

Xullas, Andrey Kanchelskis “Spartak” klubining o‘zbekistonlik legioner Oston O‘runov bilan shartnomani bekor qilgani va legionerimiz “Ural” bilan shartnoma imzolaganiga o‘z munosabatini bildirdi.

- Men nima uchun “Spartak”da O‘runov o‘zini ko‘rsatishi uchun imkon berishmaganini umuman tushunmayman. Evropada har bir yangi murabbiy kelganida barcha futbolchilarga o‘z iqtidori va salohiyatini namoyish etish uchun imkoniyat beriladi.

Hech bo‘lmaganda, hozirgi bosh murabbiy Gilermo Abaskal kelgunga qadar ishlagan xodimlarning o‘yinchi haqidagi fikrlarini inobatga olsa bo‘lardi. Yangi murabbiy ham Ostonga ikkita-uchta uchrashuvda imkon berishi kerak edi.

Agar men O‘runovning yaxshi bilmaganimda uni zo‘r futbolchi, demagan bo‘lardim. Lekin har kimning o‘z fikri bor, hamma o‘zi uchun qaror qabul qiladi.

Hozir “Ural”ga juda ko‘p yosh futbolchilar yo‘l olmoqda. O‘ylamanki, Oston bu jamoaga yordam bera oladi. Ekaterinburgda O‘runovda o‘yin amaliyoti ko‘proq bo‘ladi.

Qo‘shimchasiga, Ostonning o‘zi ham “Spartak”ga u bilan shartnomani bekor qilishgani katta xato ekanini isbotlab qo‘yish istagi  ham bor, deb o‘ylayman. Ostonning kelajagi hali oldinda va “Ural” o‘zini ko‘rsatishi uchun juda yaxshi imkoniyat bo‘lib xizmat qiladi, - dedi Andrey Kanchelskis.

Eslatib o‘tamiz, Oston O‘runov “Paxtakor” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Biroq, unga “sherlar”ning asosiy tarkibidan o‘rin berilmagan. Keyinchalik Namanganga yo‘l oldi.

Shu bois, professional futbolchi sifatida “Navbahor”da shakllangan. Keyinchalik Toshkentning “Lokomotiv” klubida to‘p tepdi va aynan “temiryo‘lchilar” safida Rossiya premer-ligasiga yo‘l oldi. Legioner sifatida  “Ufa” va “Spartak” jamoalarida o‘ynadi. 

O‘runov klublar maqyosida jami 111 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga beshta gol va beshta assist rasmiylashtirgan. Bu futbolchi maydon markazi, har ikki qanot va hujumchi ortida o‘ynay oladigan universal ijrochi hisoblanadi.

6fed4a78e0f79a0e9a2de07c6384eb46

Oston 2019 yildan beri O‘zbekiston milliy terma jamoasidan joy olib kelmoqda. Hozircha, 21 yoshli futbolchimiz ettita uchrashuvda bitta to‘p kiritgan.

Tezkor! O‘runov premer-liga klubi bilan shartnomaga imzo chekdi!

O‘runov bir kunda o‘ziga yangi jamoa topdi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
● 10 ●
02/09/2022 19:54
Спартакни хароми надцистлар эгаллаган. Мусулмонларга имконият бермайди барибир. Энасини эшшак сиксин бунака кут клубни. Спартак билан уйинда амини чикариб ташла Остон. Биз санга ишонамиз.
YAHYOBEK MUXTOROV
02/09/2022 19:14
Остонга ва футболчимизга ишонч билдирган Урал жамоасига омад тилайман.