
O‘runov: Maoshim qanchaligini bilmayman, pulni men olmayman
“Spartak” yarim himoyachisi Oston O‘runov jurnalistlar bilan suhbatda Moskva klubidan qancha maosh olishini bilmasligini aytdi.
- O‘zbekiston chempionatida o‘ynagansan. Keyin Rossiyaga kelding va hozir “Spartak”dasan.Maoshing yuz barobar oshgan desak, bo‘ladimi?
- Bundan xabarim yo‘q, otam biladilar.
- Ya’ni, bor puling otangdami?
- Ha, hammasi uyda, otamda turadi.
- Bir oylik xarajating qancha?
- Otam bilan men qancha ishlatishim kerakligini muhokama qilamiz. Men yashashga etadigan va kiyim-kechakka o‘xshagan narsalar uchun pul olaman. Qolgan pullar otamda turadi.
- O‘zing qancha maosh olishingni bilmaysanmi?
- Yo‘q, bilmayman, - dedi Oston O‘runov suhbatda.
Avvalroq, Oston O‘runov “Spartak”da yiliga 600 ming evro maosh olishi haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Fikrlar