O‘runov: Bu holat shunchalik shov-shuvga sabab bo‘ladi deb o‘ylamagandim

  • 19 noyabr, 2020, 23:53
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Spartak" klubida to‘p tepayotgan legionerimiz Oston O‘runov biroz muddat oldin "Instagram" sahifasiga joylagan fotosurati haqida fikr bildirdi:

Tecno

-Oston, mashg‘ulot maydonlari va "Otkritie Arena"dan tashqari, Moskvadagi uchta sevimli joyingiz?

"Aslida, menda Moskvani aylanish uchun ko‘p vaqt yo‘q. Chunki deyarli har doim mashg‘ulotda bo‘laman yoki jarohatimdan tiklanish jarayonini o‘tkazaman. Shunga qaramay, mening e’tiborimni darhol "Levantin" va "O‘zbekiston" restoranlari o‘ziga qaratdi".

-Hozircha, muxlislar uchun "Spartak"dagi eng yorqin voqeangiz, albatta, "Instagram"dagi xaridlardan so‘ng olingan suratingiz.

"Shunchaki, o‘zim uchun fotosurat joylashtirgan edim. Bu holat shunchalik shov-shuvga sabab bo‘ladi, deb o‘ylamagandim. Keyinroq yoshi katta tanishlarim menga qo‘ng‘iroq qilib, uni olib tashlash haqida maslahat berdi".

-Bu borada Shamil Gazizov bilan gaplashdingizmi?

"U surat uchun qo‘ng‘iroq qilmadi, ammo keyin mashg‘ulotda ko‘rishganimizda: "Ajoyib fotosurat", dedi. Albatta, hazil tariqasida. Keyin u rasmlarni tarqatmaslik yaxshiroq ekanligini tushuntirdi", deya O‘runov jurnalistning savollariga javob berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!