O‘rtoqlik o‘yinlari. Janubiy Koreya minimal, Avstraliya ishonchli hisobda g‘alaba qozondi, BAA esa kutilmaganda mag‘lubiyatga uchradi

  • 7 yanvar, 2024, 00:50
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

6-yanvar kuni bir qancha o‘rtoqlik o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Quyida barcha natijalar bilan tanishing. 

Tecno

Janubiy Koreya Iroqni kichik 1:0 hisobida mag‘lub qildi. O‘yindagi yagona golni 40-daqiqada Li urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Osiyo kubogida guruhdagi raqibimiz Avstraliya esa Bahrayn darvozasiga javobsiz ikkita to‘p kiritdi. Gollardan birini Duku urgan bo‘lsa, Bennadi o‘z darvozasini ishg‘ol qildi. 

BAA Ummonga qarshi maydonga tushib, 0:1 hisobida taslim bo‘ldi. Uchrashuvning 6-daqiqasidayoq Favaz hisobni ochishga ulgurdi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!