O‘rtoqlik o‘yini. "Andijon" "Bobur Arena"da Qirg‘iziston U-20 termasini mag‘lub etdi
Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida "Andijon" klubi Qirg‘iziston U-20 terma jamoasiga qarshi saf tortdi. Unda "burgutlar" yirik 3:0 hisobida zafar quchdi.
Andijon shahridagi "Bobur Arena"da kechgan bahsda mezbonlar safida Farhod Sohibjonov, Armin Boshnyak va Abdurahmon Komilov o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Ma’lumot o‘rnida, "Andijon" ayni payt Superliga 3-turidan so‘ng 7 ochko bilan 2-o‘rinni band etib turibdi.



Fikrlar