“O‘rmonchi” Manchester maydonida 114 yillik rekordni yangilab ketdi

  • 8 dekabr, 2024, 10:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining 15-turida portugaliyalik ikki bosh murabbiy o‘zaro to‘qnash keldi. Ruben Amorim boshchilik qilayotgan “Manchester Yunayted” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida Nunu Eshpiritu Santu qo‘l ostidagi “Nottingem Forest”ni qabul qildi.

Tecno

O‘yinda “o‘rmonchilar” 3:2 hisobida zafar quchdi. Ruben Amorim Angliyaga kelganidan beri qatorasiga ikki marotaba uchrashuvni boy berdi.

“Old Trafford”dagi bahs raqib jamoa ustozi Nunu Eshpiritu Santuning nomini tarixga yozdi. U “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘tkazgan dastlabki ikki uchrashuvida ketma-ket g‘olib chiqqan tarixdagi ikkinchi murabbiy bo‘ldi.

Santuga bu ishni 114 yil muqaddam britaniyalik murabbiy Xarri Xaslem uddalagan. Uning shogirdlari 1909-1910 yilgi mavsumda “Manchester Yunayted”ni 6:2, 2:0 hisobida taslim qilgan edi.

Nunu Eshpiritu Santu Angliya chempionatida “Manchester Yunayted”ga qarshi ilk uchrashuvini o‘tgan mavsumning 20-turida o‘tkazgan va o‘shanda uning shogirdlari 2:1 hisobida zafar quchgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!